Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessadagi vayrongarchiliklar va frontdagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 515-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Odessa bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Shahardagi yirik Spaso-Preobrajyenskiy sobori vayron bo‘lgan, 25 ta arxitektura yodgorligi shikastlangan. Tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, 21 kishi yaralangan (jumladan, to‘rt nafar bola ham).
- RF mudofaa vazirligi Odessa o‘qqa tutilganini tasdiqladi, ammo Spaso-Preobrajyenskiy sobori «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa kuchlari operatorlarining bilimsizlarcha harakatlari» tufayli vayron bo‘lganini bildirgan.
- Aleksandr Lukashenko Peterburgda Vladimir Putin bilan uchrashuvda Belarusga joylashtirilgan «Vagner» XHK jangchilari uni «asabiylashtira boshlagani», ular «Varshavaga ekskursiyaga borish»ni xohlayotganini aytdi.
- Xarkiv oblastida rossiyaliklarning Luhansk oblasti bilan chegaradagi Kucherovka qishlog‘iga yo‘llagan aviazarbasi oqibatida 70 yoshli ayol jarohat oldi.
Odessa bo‘ylab raketa zarbasi
23 iyul kuni Rossiya qo‘shini Odessani o‘qqa tutdi. Port infratuzilmasi, kamida oltita turar joy binosi, shuningdek o‘nlab avtomobillar zarba ostida qolgan. Bundan tashqari, shaharda 25 ta arxitektura yodgorligi shikastlangan, Odessadagi eng yirik pravoslav ibodatxonasi, Moskva patriarxatining Ukraina pravoslav cherkoviga mansub bo‘lgan Spaso-Preobrajyenskiy kafedral sobori — vayron bo‘lgan.
Hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, 21 kishi jarohat olgan, ular orasida — to‘rt nafar bola ham bor.
RF mudofaa vazirligi zarbalar nishoni «RFga qarshi ekipajsiz katerlar orqali terrorchilik aktlari tayyorlangan obektlar, shuningdek Odessadagi katerlar ishlab chiqarilgan joylar» bo‘lganini ma’lum qildi. «Zarba berilgan obektlarda xorijlik yollanma kuchlar bo‘lgan. Zarba berish uchun rejalashtirilgan barcha nishonlar yo‘q qilindi», — deyilgan vazirlik xabarida va Spaso-Preobrajyenskiy sobori «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa kuchlari operatorlarining bilimsizlarcha harakatlari» tufayli vayron bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.
Odessa meri Gennadiy Truxanov o‘z videomurojaatida shaharda rossiyaliklardan «nafaqat nafratlanishlari, balki hazar qilishlari»ni aytgan. «Siz bizni sindira olmaysiz, faqat yanada g‘azablantirasiz. Himoyachilarimizning kuchi, oddiy odamlar dardi va g‘azabining ortishi siz uchun hukm bo‘ladi», — deya qayd etgan mer. Volodimir Zelenskiy esa «rossiyalik terrorchilarga Odessa uchun albatta javob qaytarilishi»ni va’da qilgan.
Timofey Melnikov
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari
22 iyulga o‘tar kechasi RF armiyasi Donetsk oblastining Konstantinovka shahriga zarba yo‘lladi. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, hujum vaqtida oilaviy juftlik halok bo‘lgan. Oskolkalar va zarb to‘lqini 20 ga yaqin xususiy uylar, maktab binosi va gaz quvuriga zarar yetkazgan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Frontning turli chekkalaridan suratlar










Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025