Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanoat korxonalarida «yashil texnologiyalar» joriy etiladi
Qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik sanoati korxonalarida «yashil texnologiyalar» joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Ayrim sanoat sohalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish va muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 300-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, «yashil texnologiyalar» quyidagi tarmoqlarda joriy etiladi:- qurilish materiallari;
- metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik sanoati.
O‘zbekistonning «Ohangaronsement» AJ, «Knauf Gips Farg'ona» MChJ, «Olmaliq KMK» AJ, «Maxam-Chirchiq» AJ va «Zelal Tekstil» MChJ kabi yetakchi korxonalarining chiqindisiz ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalanish va xavfsiz kimyoviy moddalarni qo‘llashga o‘tish bo‘yicha tajribasi o‘zlashtiriladi.
Tarmoq korxonalarida ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tarmoqni chiqindisiz sohaga aylantirish, shuningdek, aylanma iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ham tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 21 iyuldan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:21 / 24.01.2025
Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024