Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiya Moskvadagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatdi
Islandiya Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi ishini «muzlatgan» birinchi Yevropa Ittifoqi davlati bo‘ldi. Shu bilan birga, Reykyavik Ukrainadagi ishtirokini kengaytirmoqda.
Islandiya 1 avgust, seshanba kuni iyun oyida e’lon qilingan qarorga muvofiq, Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi ishini «muzlatib qo‘ydi», deyiladi mamlakat hukumati saytida. «Ayni damda Rossiya bilan savdo, madaniy yoki siyosiy aloqalar rekord darajada past. Shu bois elchixona faoliyatini saqlab qolishni endi oqlab bo‘lmaydi», deb tushuntirdi mamlakat TIV.
Shu bilan birga, Islandiya elchixona faoliyatini to‘xtatish qarori diplomatik munosabatlarni uzish emasligini va «sharoitlar imkon yaratishi bilan» Moskvadagi elchixona faoliyatini qayta tiklashga birinchi o‘rinda e’tibor qaratishi haqida bir necha bor ta’kidlagan.
Shu bilan birga, seshanba kuni Islandiya Ukrainada o‘zining diplomatik vakolatxonasini kengaytirishini e’lon qildi, uning bu mamlakatda o‘z elchixonasi yo‘q. Hukumat saytidagi bayonotga ko‘ra, Litvaning Ukrainadagi elchixonasi Islandiya diplomatlari va mamlakatning boshqa vakillariga o‘z binolarining bir qismidan foydalanishga ruxsat beradi.
«Litva Islandiyaning xalqaro maydondagi eng yaqin do‘stlaridan biri. Bu hamkorlikni taklif qilgani biz uchun sharaf. Biz Ukraina bilan munosabatlarimiz yaqin kelajakda mustahkamlanishini kutamiz», - dedi tashqi ishlar vaziri Tordis Gyulfadottir.
Mavzuga oid
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi
00:13 / 02.04.2025