O‘zbekiston | 18:38 / 02.08.2023
27125
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bungacha viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Bahrom Nazarov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini tark etgan.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Hamid Hasanov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hamid Alisher o‘g‘li Hasanov 2017 yilda Jizzax politexnika institutini bino va inshootlar qurilishi, sanoat va fuqaro binolari qurilishi bo‘yicha mutaxassisligini tamomlagan.

U hozirgacha Jizzax viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» DUK direktori lavozimida ishlayotgandi.

2021 yil 19 yanvaridan buyon Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahrom Nazarov (u ikki yil muqaddam viloyatdagi qurilish sohasidagi mojarolar ortidan ishdan olingan va keyinroq qamalgan Akrom Rahmonqulov o‘rnida ish boshlagandi) boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan vazifasidan ozod etilgan.

 

Mavzuga oid