Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi reydlar boshlandi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Turkiya politsiyasi tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida yirik shaharlar va jamoat joylarida maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
«Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgan va qo‘lga olingan xorijliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor, ularning aksariyati Istanbul shahridan boshqa viloyatlardagi repatriatsiya markazlariga yuborilmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Bosh konsulxona tomonidan Turkiya politsiyasi va Migratsiya xizmati orqali fuqarolar holati o‘rganilganda, ularning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagani yoki Turkiyada yashash va ishlash qoidalarini buzgani aniqlangan.
Konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etishni, shaxsni tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarni olib yurishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025