Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyezus APLning yangi mavsumi startini o‘tkazib yuboradi
«Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jyezus tizzasida kichik jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi va bir necha hafta muddatga safdan chiqdi.
«Afsuski, bugun tongda Jyezus kichik tibbiy protsedurani boshdan kechirdi. U tizzasida biroz noqulaylik his qildi, shu tufayli unda muammolar paydo bo‘ldi, shundan keyin tibbiy xodimlari aralashuvi talab etildi.
Futbolchi bir necha hafta mobaynida jamoaga yordam bera olmaydi», – deya jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlarini keltirgan Football London.
Shu tariqa, Gabriel Jyezus 11 avgust kuni boshlanadigan Angliya Premer-ligasining yangi mavsumining ilk turlarini o‘tkazib yuboradi.
2 avgust kuni «Arsenal» Amirlik kubogi-2023 finalida «Monako»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida o‘tkazildi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida «Arsenal»ning qo‘li ustun keldi — 5:4.
«Arsenal» bungacha mavsumoldi yig‘inlari doirasida «Nyurnberg» (1:1), MLS yulduzlari (5:0, bu o‘yindagi gollardan biriga Jyezus mualliflik qilgan), «MYu» (0:2) va «Barselona» (5:3) jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazgandi. Arteta shogirdlari 6 avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi uchun o‘yin o‘tkazadi. Jamoa APLning yangi mavsumini 12 avgust kuni «Nottinghem»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025