Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar va Donbassdagi yaradorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 528-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari yo‘lladi. Zaporijjya shahri chekkasida zarba oqibatida yong‘in chiqqan.
- Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar «Motor Sich» korxonasi va Xmelnitskaya oblastiga hujum qilgan. Raketalarning bir qismi urib tushirilgan.
- Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukrainadagi urushga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Unga Rossiyani taklif etishmagan.
- Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiy xarajatlarini oshirgan — budjetning uchdan bir qismi hajmida.
- BBC va «Mediazona» Ukrainada halok bo‘lgan 29 mingdan ortiq rossiyalik harbiy shaxsini tasdiqladi.
- RF mudofaa vazirligi AQSh harbiy-havo kuchlari razvedkachi droni Qora dengiz ustida Rossiya chegaralariga yaqin kelgani haqida xabar qildi. Su-30 qiruvchisi havoga ko‘tarilgan.
- Novorossiyskka dengiz dronlari hujum qildi. Rossiyaning «Olenegorskiy gornyak» nomli katta desant kemasi shikastlangan.
- Rossiyaliklar tankeri Kerch bo‘g‘ozida dengiz droni hujumi oqibatida shikastlandi. Ukrain nashrlariga ko‘ra, bu hujum Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus amaliyoti bo‘lgan.
- Ukraina RFning Qora dengizdagi portlari akvatoriyasini harbiy tahdid zonasi deb e’lon qildi.
- «Agar rossiyaliklar „qasir-qusir“ tinishini istashsa, ular Ukraina hududiy suvlari va bizning yerlarimizni tark etishi kerak». Ukraina xavfsizlik xizmati RF kemalariga dengiz dronlari hujumini shunday izohladi.
Rossiyaning Novorossiysk portida kamikadze kater hujumidan shikastlangan desant kemasi
2023 yil 4 avgust kuni olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirida ukrainaliklarning kamikadze kateri hujumiga uchragan «Olenegorskiy gornyak» katta desant kemasidagi shikastlanishlar ko‘zga tashlanadi. Kemaning chap borti qiyshaygan, ammo u suzish qobiliyatini saqlab qolgan va shatakka olinib, prichalga keltirilgan.
Ukrainlarning bir necha yuz kilogramm portlovchi moddalar o‘rnatilgan ekipajsiz katerlari so‘nggi oylarda RF Qora dengiz floti kemalari va boshqa nishonlarga ko‘p bor hujum uyushtirdi — va bu hujumlarning aksari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Ammo iyul va avgust oylarida Ukraina bunday dronlar vositasida Qrim ko‘prigi, desant kemasi, 5 avgustga o‘tar kechasi esa — RF QKning Suriyadagi harbiy bazasiga yuk tashishda foydalanilgan tankerga zarar yetkazdi.
Planet Labs PBC / AP / Scanpix / LETA
Kupyanskdagi qon quyish markazida chiqqan yong‘in
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkiv oblasti sharqidagi Kupyansk shahrida qon quyish markazi binosiga boshqariluvchi aviabomba kelib urilganini xabar qildi. Shahar RF QK bilan jangovar tutashuv chizig‘idan o‘n kilometr masofada joylashgan.
«Qurbonlar va yaralanganlar bor. Hamdardligimni bildiraman!» — deyilgan Zelenskiyning rasmiy telegram-kanalida. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, shaharga soat 20:20 da zarba berilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangan. Ukraina QK ma’lumotiga ko‘ra, Kupyansk yo‘nalishida so‘nggi kunlarda Figolovka, Dvurechnaya, Zapadnoye, Kislovka va Berestovo qishloqlari ham artilleriya va minomyotlardan o‘qqa tutilgan.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Vuhledardagi vaziyat
Vuhledar — Donetsk oblastidagi konchilar shaharchasi bo‘lib, urushga qadar bu yerda 15 mingga yaqin kishi yashagan. Keng ko‘lamli bosqin boshlanishi bilan ushbu shahar harbiy to‘qnashuvlar chizig‘ida qoladi: atrofdagi aholi yashash manzillari, xususan bir necha kilometr janubda joylashgan Pavlivka va Nikolske Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
Nikolske bosqinning ilk kunlaridayoq RF qurolli kuchlari tomonidan egallangan bo‘lsa, Pavlivka uchun 2022 yil noyabr oyida uzoq muddatli janglar boshlangandi. Vuhledar rossiyaliklar zarbalaridan jiddiy jabrlangan va shaharda yashash sharoitlari og‘irlashgan, shunga qaramay bu yerda ma’lum miqdorda mahalliy aholi vakillari yashashda davom etmoqda.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyachilari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida yaralangan ukrain askarlariga yordam ko‘rsatilishi
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York posyolkasi atrofidagi janglar
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Oldingi chiziqdagi ukrainalik dron operatori
Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025