Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Domodedovo okrugida 1000 kvadrat metr maydonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Moskva viloyatining Domodedovo okrugida yong‘in kamida 1000 kvadrat metr maydonga tarqaldi, deya xabar beradi davlat idoralari. ASTRA Telegram-kanali ikki portlash ovozini eshitganini bildirgan guvohlarning so‘zlarini keltirgan.
Moskva viloyatining Domodedovo okrugida 10 avgust, payshanbaga o‘tar kechasi kamida 1000 kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda davlat idoralari Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, avtoservis yonib ketgan. Keyinroq davlat OAV yong‘in 1,2 ming kvadrat metr maydonga tarqalganini xabar qildi.
ASTRA Telegram-kanali ikki portlash ovozini eshitganini, shundan so‘ng yong‘in boshlanganini bildirgan guvohlarning so‘zlarini keltirgan. SHOT Telegram-kanali ham mahalliy aholining «gaz ballonlari portlagan» degan so‘zlarini keltiradi.
Favqulodda xizmatlar yong‘inni o‘chirish bilan shug‘ullanmoqda.
Domodedovo aeroporti favqulodda vaziyat joyidan 10 km uzoqlikda joylashgan.
Avvalroq, 9 avgust kuni Sergiyev Posaddagi Zagorsk optik-mexanika zavodi hududida kuchli portlash sodir bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025