Senat raisi YeXHTning amaldagi raisi bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning amaldagi raisi, Shimoliy Makedoniya tashqi ishlari vaziri Buyar Osmanini qabul qildi.
O‘zbekiston bilan YeXHT o‘rtasidagi jumladan, parlamentlararo aloqalar, gender tengligi, inson huquqlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga erishish kabi yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
“Yashil” iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish gender tengligi masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Buyar Osmani O‘zbekistonda kechayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashi va hamkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024
O‘zbekiston parlamenti a’zolari Bokuda o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
22:55 / 16.11.2024