Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan avtokranda yong‘in kelib chiqdi
Bektemir tumanida yuk ko‘tarish avtokranida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Videodan kadr
Bugun, 11 avgust kuni soat 14:36 da Toshkent shahar Bektemir tumani Oltintopgan va Bektemir shohko‘chalari chorrahasida yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan avtokranda yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:46 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida avtokranning salon va motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025