O‘zbekiston mudofaa vaziri boshchiligidagi harbiy delegatsiya Qozog‘istonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston-Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari Aktau garnizonida joylashgan «Oymasha» poligonida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
10 avgust kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Qozog‘istonning Aqtau shahriga tashrif buyurdi.
Aqtau xalqaro aeroportida mehmonlarni Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov faxriy qorovul hamrohligida kutib oldi.
O‘zaro suhbat davomida ikki davlat mudofaa vazirlari qardosh xalqlarning hamkorlikda erishayotgan yutuqlariga to‘xtalib, yaqin do‘stona munosabatlar o‘zbek—qozoq aloqalarini yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarayotganini qayd etdi. Shuningdek, tomonlar jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi sohasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Shundan so‘ng mudofaa vazirlari O‘zbekiston—Qozog‘iston Mudofaa vazirliklarining Aktau garnizonida joylashgan «Oymasha» poligonida hamkorlikda o‘tkazayotgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatishga yo‘l oldi.
Suhbatdoshlarning fikricha, mashg‘ulotlar davomida jangovar tayyorgarlik vazifalarini birgalikda bajarish shtab va bo‘linmalar harakatlarida tezkorlik, izchillikka erishish, jangovar harakatlarning yangi shakl va usullarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
12:10 / 02.10.2024
Ukraina mudofaa vaziri to‘rt o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
10:50 / 01.10.2024
RF 2025 yilda urush uchun rekord darajadagi 13,5 trln rubl ajratadi
09:12 / 28.09.2024
O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:30 / 28.09.2024