O‘zbekiston | 21:37 / 17.08.2023
26157
1 daqiqa o‘qiladi

Qibray tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ohangaron tumani prokurori Muzaffar Rashidov Qibray tumanining yangi hokimiga aylandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Adliya maslahatchisi Muzaffar Abrorovich Rashidov Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. 

Muzaffar Rashidov 1987 yili Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

  • Qibray tumaniga 2018 yil iyul oyidan buyon rahbarlik qilib kelgan Miragzam Qosimov 2023 yil avgust oyi boshida prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan videoselektorda ishdan olingandi.

Mavzuga oid