Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga 50 mln so‘mdan grant ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Davlat rahbari eksportni kengaytirish bo‘yicha yana bir katta imkoniyat – bu nufuzli xorijiy brendlarni mamlakatga jalb qilish ekanini ta’kidladi.
Yillik bozori 100 milliard dollardan oshadigan dunyoning eng mashhur 50 ta brendi korxonalar bilan ishlashga katta qiziqish bildirmoqda. Ispaniya, Germaniya, Polsha, Turkiyaning yirik brendlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Ular mahalliy korxonalarga 3 milliard dollarlik buyurtma berishga hozirning o‘zida tayyor.
Buning uchun 3 ta eng katta masala hal qilinadi. Jumladan:
- ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablari joriy qilinadi. Buning uchun mahalliy korxonalarning mutaxassislari ularning talabi asosida o‘qitiladi;
- mahalliy korxonalardagi ishchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratib beriladi;
- brendlarning mahsulotlarini olib kirish va eksport qilish uchun qulay bojxona rejimi joriy qilinadi.
Yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga 50 million so‘mdan grant ajratiladi.
Prezident Germaniyaning “Dizel” brendini jalb qilgan Namangandagi “Fazman tekstil” korxonasiga hamda AQShning “Nayk” brendini jalb qilgan Andijondagi “Sino interneyshnl” korxonasiga birinchi bo‘lib ushbu grantni berishni taklif qildi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024