O‘zbekiston | 08:06 / 21.08.2023
5006
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Muntazam aviaqatnovlar Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi.

Foto: Transport vazirligi

20 avgustdan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent–Budapesht yo‘nalishida amalga oshirilgan ilk parvozda yo‘lovchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati vakillaridan iborat delegatsiya Vengriyaga bordi.

Foto: Transport vazirligi

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda ilk reys tantanali ravishda kutib olindi.

Toshkent va Budapesht o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar Qanot Sharq aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Reyslar Airbus A320 havo kemasida bajariladi.

Mavzuga oid