Sport | 09:32 / 24.08.2023
17176
1 daqiqa o‘qiladi

Sambo bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston 18 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qirg‘izistonning Cho‘lpon - Ota shahrida sambo va jangovar sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon kubogi yakunlandi.

Foto: t.me/uzbekistan_sambo

Unda O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari umumiy hisobda 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza, jami 18 medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Shahzoda Azatova, Sohib Hasanboyev va Islom Nosirov jangovar sambo bo‘yicha oltin medalga ega bo‘ldi. Shuningdek, Gulina Obloqulova (jangovar sambo), Sardor Olimjonov, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Ne’mat Yoqubov, Gulsevar O‘roqova, Egambergan Iskandarov (jangovar sambo), Oybek Soliyev (jangovar sambo), Hosiyat Masharipova o‘z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Kubok bahslarining bronza medali Ubaydullo Mo‘minov, Mirzohid To‘xtashev, Mamlakat Sultonova (jangovar sambo), Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo), Zafar Ahrorov (jangovar sambo), Farog‘at Nurmamatova hamda Begoyim Hayitovaga nasib qildi.

Mavzuga oid