Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada bortida AQSh harbiylari bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
Amerikaning Osprey konvertoplani Avstraliyadagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashayotgandi. U Melvill oroli hududiga qulagan. Samolyot bortida 20 kishi bo‘lgan.
Avstraliya shimolidagi mashg‘ulotlar chog‘ida bortida 20 kishi bo‘lgan Amerika harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda 27 avgust, yakshanba kuni mahalliy OAV xabar berdi. Halokat sabablari haqida ma’lumot taqdim etilmagan.
Avstraliya Mudofaa vazirligi Osprey konvertoplani bortida amerikalik harbiylar bo‘lganini tasdiqladi va avstraliyalik askarlar jabrlanmaganini ma’lum qildi. «Ushbu muhim dastlabki bosqichda bizning e’tiborimiz voqea oqibatlarini bartaraf etish va barcha aloqador shaxslarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan», deyiladi vazirlik bayonotida.
ABC: Uch kishi qutqarib qolindi
Samolyot Darvin shahridan shimoldagi Tivi orollari hududidagi mashqlarda qatnashgan. Avstraliyaning ABC telekanali xabariga ko‘ra, uch kishi qutqarib qolindi – ulardan biri og‘ir ahvolda, ikki nafarining ahvoli barqaror.
Avstraliyaning Shimoliy hududi qutqaruv xizmati favqulodda vaziyatlar bo‘yicha onlayn xaritasi yakshanba kuni ertalab Melvill orolida «samolyot halokati» sodir bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Vertolyotning vertikal uchish imkoniyati va turbovintli samolyot tezligini o‘zida mujassam etgan Osprey vint qanotli konvertoplani AQSh va Avstraliya qurolli kuchlarining qo‘shma mashqlari bo‘lmish Predators Run mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgandi.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025