O‘zbekiston | 15:30 / 07.09.2023
12331
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida jamoat transportlarida yo‘lkira narxlari o‘zgardi

Yo‘lkira naqd va bank kartalari orqali to‘lansa 2 000 so‘m, maxsus transport kartalari (ATTO) orqali to‘lansa 1 600 so‘m etib belgilangan.

Foto: Kun.uz

Viloyat hokimi qaroriga ko‘ra, 2023 yil 6 sentabrdan boshlab Samarqand shahar jamoat transportlarida yo‘lkira narxlari o‘zgargan.

Qarorga ko‘ra, Samarqand shahar hududida avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovni amalga oshirish uchun yo‘lkira naqd pul va bank kartalari orqali to‘langanda 2 ming so‘m etib belgilangan.

 Yo‘lovchilar tomonidan to‘lov maxsus transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganida esa yo‘lkira 1600 so‘mni tashkil etadi.

Qarorga asosan aholi, pensionerlar, nogironlar, talaba va o‘quvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar belgilangan.

Bu tariflarda, pensionerlar, nogironlar, talaba va o‘quvchilar aholiga belgilangan tarif rejasining 50 foizi miqdorida to‘lov qilishlari ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Samarqand jamoat transportida tramvay ham bo‘lgan O‘zbekistondagi yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 20-asrda ham tramvay harakatlangan va 1973 yilda yopilgan. 2017 yildan boshlab uning qatnovi qayta tiklangan.

Mavzuga oid