O‘zbekiston | 08:02 / 11.09.2023
12306
1 daqiqa o‘qiladi
«Navoiyuran» bosh direktori lavozimidan ozod qilindi
«Navoiyuran» bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.
«Navoiyuran» bosh direktori Jahongir Hasanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xabariga ko‘ra, 9 sentabr kuni «Navoiyuran» bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Jamol Fayzullayev zimmasiga yuklatildi.
Jahongir Hasanov 2022 yildan buyon «Navoiyuran» davlat korxonasi bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning qaysi ishga o‘tgani hozircha noma’lum.
Mavzuga oid
17:00
"Navoiyuran" davlat korxonasi xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi
19:00 / 30.07.2024
“Navoiyuran” DKning IFRS moliyaviy hisobotlariga “Katta to‘rtlik” auditorlari ijobiy xulosa berdi
19:00 / 10.07.2024
“Navoiyuran” davlat korxonasida “qora slanets” konlarining 3D modellari yaratiladi
19:00 / 24.05.2024