“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi
Joriy yilning yanvar-mart oylarida korxona tomonidan 3,4 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 100,1 foizga bajarildi. O‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 133,0 foizni tashkil etdi.

Foto: Navoiyuran
Bunday o‘sish mos ravishda yo‘nalishlar kesimida ham yuqori shkalada davom etmoqda. Xususan, geologiya-qidiruv ishlari prognoz ko‘rsatkichi 123,5 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati 144,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, texnologik burg‘ilash ishlari 127,5 foizga yoki o‘sish sur’ati bilan 202,0 foizga uddalandi. Mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 106,8 foizga (o‘sish sur’ati 142,3 foiz) va uran qazib olish 100,3 foizga (o‘sish sur’ati 131,1 foiz) bajarildi.
Hisobot davrida korxona investitsiyalarni ham faol jalb qildi va buning samarasida 26,0 mln dollar kapital qo‘yilma o‘zlashtirildi va 86 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ya’ni, chorak yakunida Investitsiya dasturi loyihalari 156,3 foiz o‘sish sur’ati bilan ta’minlandi.
Shuningdek, mahalliylashtirish dasturidagi 15 ta loyiha doirasida 30,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz ko‘rsatkichi 101,6 foizga bajarildi (o‘sish sur’ati 187,2 foiz).
Korxona tomonidan mahalliy kichik va o‘rta biznes vakillari doimiy qo‘llab-quvvatlab kelinadi. Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliy korxonalardan mahsulot xarid qilish ko‘rsatkichlari yildan yilga oshib bormoqda. Misol uchun, joriy yilning yanvar-mart oylarida 282,7 mlrd so‘mlik (shu davr prognoziga nisbatan 101,0 foiz) mahsulot xarid qilinib, o‘sish sur’ati 170,2 foizga ta’minlandi.
Mahalliy korxonalar bilan yo‘lga qo‘yilgan kooperatsiya aloqalari importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ham yaxshilanishiga olib kelmoqda. Xususan, importni qisqartirish evaziga o‘tgan uch oy davomida 10,7 mln dollar (prognozga nisbatan 101,7 foiz) mablag‘ tejab qolindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 144,3 foizni tashkil etdi.
"Navoiyuran" DK Respublikadagi eng yirik soliq to‘lovchilar TOP-3 ligida doimiy qayd etilmoqda. Chorak yakuni bilan Respublika budjetiga to‘langan to‘lovlar va soliqlar qiymati 1,3 trillion so‘m (prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 103,8 foiz)ni hamda o‘sish sur’ati 263,3 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida jami tannarxni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi korxona bo‘yicha 82,5 mlrd so‘mni tashkil etishi, rejaga ko‘ra 116,3 foizga bajarilishi hamda o‘sish sur’ati 113,9 foizga ta’minlanishi kutilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

19:13 / 15.01.2025
2024 yilda “Navoiyuran” O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar top-3 taligiga kirdi

17:00 / 23.11.2024
"Navoiyuran" davlat korxonasi xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi

19:00 / 30.07.2024