O‘zbekiston | 15:15 / 14.09.2023
13393
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Imomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-humanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada qo‘shma hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid