Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi
19 oktyabr kuni Samarqanddagi «Silk Road» turistik markazida «Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism» xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi. Tadbir BMT Butunjahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Xalqaro ta’lim forumi UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan biri bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda ekspertlarni bir joyda to‘playdi. Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi «Ulysses Awards UNWTO» mukofotlash marosimi o‘tkaziladi.
Ekologiya vazirligi, Turizm qo‘mitasi va uning huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti turizm sohasida faoliyat yurituvchi olimlar, mutaxassislar hamda ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ekspertlarni Forum ishida faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ishtirokni shu yilning 20 sentabrigacha tasdiqlash mumkin. UNWTO Bosh Assambleyasining Xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilari soni cheklangan.
Platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://www.unwto.org/form/education-foro-25ga
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025