Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi
Toshkentdagi «Hamza» temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Toshkentda poyezd vagoni ustiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi, deya xabar bermoqda MilliyTV telekanalining «Millar» dasturi.
Voqea 20 sentabr kuni soat 19:05 da «Hamza» temiryo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Yigit elektr toki urib, yerga yiqilgan. Voqea joyiga yetib kelgan stansiya xodimlari jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tez yordam chaqirgan.
Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
10:12 / 22.11.2024
Metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23:28 / 14.11.2024
«Milliy bog‘» metro bekatida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtatildi
20:45 / 12.11.2024