O‘zbekiston | 07:22 / 28.09.2023
70115
2 daqiqa o‘qiladi

Sergelidagi portlash va yong‘in oqibatlari. Foto va videolar

Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan portlash kuchi atrofga katta zarar yetkazgan, ko‘p qavatli uylar va boshqa binolarning fasad qismiga zarar yetgan, kvartiralar ichkarisida ham vayrongarchiliklar kuzatilgan. Atrofdagi xonadonlarda yashovchi aholi tunni tashqarida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»

28 sentabr kuni soat 2:43 Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar massivida «Inter logistiks» kompaniyasi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi.

Portlash ortidan kuchli yong‘in boshlangan, uni hozirgacha o‘chirishning imkoni bo‘lmagan. Portlash ovozi ko‘plab kilometr masofadan eshitilgan, shaharning boshqa tumanlaridan ham yong‘in va yuqoriga ko‘tarilgan tutun ko‘rinib turgan.

«Gazeta.uz» muxbiri xabar berishicha, portlash to‘lqini atrofdagi uylarda o‘nlab kvartiralarning derazalarini sindirib yuborgan bo‘lishi mumkin, hududdagi uylarning hovlilariga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgan. Hududda yashovchi aholining ko‘pchiligi tunni tashqarida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Atrofdagi binolarning fasadlari va avtomashinalar ham qisman shikastlangan.

Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

 

Mavzuga oid