O‘zbekiston | 12:24 / 30.09.2023
6999
1 daqiqa o‘qiladi

Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi 

Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.

Foto: sena

Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 8-moddasiga muvofiq Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Senatorlar bergan ovozlarga muvofiq Bekzod Narimonov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu borada Senat qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Bekzod Narimonov Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.

Mavzuga oid