Sport | 14:29 / 30.09.2023
23907
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo O‘yinlari-2022. Kurashchilarimizdan uch oltin va bir kumush! 

Osiyo O‘yinlarining 30 sentabr kungi bahslari sportchilarimiz uchun omadli boshlandi. Kurashchilarimiz milliy sport turida delegatsiyamiz hisobiga bir kunning o‘zida 4ta medal taqdim etishdi.

Foto: Kun.uz

 -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin finalda jarohat olganiga qaramay eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirib chempionlikni qo‘lga kiritdi.

-52 kg vazn toifasida  hamyurtlarimiz Hilola Ortiqboyeva va Sitora Elmurodova finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston milliy jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash kelishdi. Qiziqarli bahs Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Elmurodova esa musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

+90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinov finalda turkmanistonlik Tejyen Tejyenovdan ustun kelib, ikki karra Osiyo o‘yinlarining g‘olibiga aylandi. Hisomiddinovning oltin medali delegatsiyamiz uchun Hangjou-2022dagi 10-oltin medal bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekistonning Osiyo O‘yinlari-2022dagi jami medallari soni hozircha 36taga yetdi va jamoamiz umumjamoaviy medallar jamg‘armasida Hindiston hamda Tailandni ortda qoldirib, yana 4-o‘ringa ko‘tarildi. Vakillarimiz hisobida 10ta oltin, 11ta kumush va 15ta bronza mavjud.

Mavzuga oid