Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXAning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordami hajmi kengaytiriladi
O‘zbekiston delegatsiyasi AEXA bosh konferensiyasining 67-sessiyasida ishtirok etdi.
25-29 sentabr kunlari Venada Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) yillik bosh konferensiyasining 67-sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
AEXA bosh konferensiyasida «O‘zatom» agentligi bosh direktori Bahrom Mansurov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov va boshqalardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Anjuman doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Jumladan, AEXA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, AEXAning respublika bilan hamkorligini mustahkamlash va O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan yordam hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tizimini hamda xavfsizlik choralarini ishlab chiqishga qaratilgan «Umid nurlari» dasturi doirasida yadro tibbiyoti va onkologik kasalliklarni davolash sohasida hamkorlikni kengaytirish taklif etildi. Radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida respublika nazorat qiluvchi organining mustaqilligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
AEXA bosh direktori o‘rinbosari, yadro fanlari va ilovalari departamenti boshlig‘i Najata Moxtar bilan uchrashuvda yadro texnologiyalarini turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi jabhalarida qo‘llashning holati va erishilgan yutuqlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:50 / 13.05.2025
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
22:04 / 06.12.2024