Bektemir Meliqo‘ziyev yana nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (13-1, 10KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Alantes Foksga (28-5-1, 13KO) qarshi kechgan bellashuvning 4-raundida Bektemir tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa, Meliqo‘ziyev o‘zining WBA InterContinental chempionlik kamarini yana bir marta himoya qildi.
Bektemir Meliqo‘ziyev 2023 yil aprelida meksikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarilib, undan profi faoliyatidagi yagona mag‘lubiyati uchun revansh olgandi.
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025