Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Qozog‘istonning Avezov Universiteti filiali ochiladi
Unda 18 ta ta’lim dasturi bo‘yicha talabalarni tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Chirchiq shahrida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali ochiladi, deb xabar berdi Kazinform.
Bu Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokara yakunlari, shuningdek, Auezov University 80 yilligi munosabati bilan imzolangan kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.
Auezov University O‘zbekistondagi filialda 18 ta ta’lim dasturi bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi.
– Chirchiq O‘zbekistonning sanoati rivojlangan shaharlaridan biridir. Hududda mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo sanoati jadal rivojlangan. Ana shunday tendensiyalarni inobatga olgan holda Auezov University hudud uchun zarur bo‘lgan ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi, dedi ta’lim muassasasi boshqaruvi raisi, rektor Dariya Qojamjarova.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025