Jahon | 14:49 / 17.10.2023
16319
5 daqiqa o‘qiladi

Luhanskdagi harbiy o‘ljalar ko‘rgazmasi va Mirgorodga zarba oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 600-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya shimoliy koreyaliklar qurollari yetkazib beriladigan yo‘nalishni yo‘lga qo‘ygan, deb xabar berdi Britaniyadagi Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI). Ekspertlar avgust-sentabr oylarida ikki mamlakat o‘rtasida ikki yuk kemasi qatnay boshlaganini aniqlashgan. Bu vaqtda ular avval KXDRga, keyin u yerdan Rossiyaga yuzlab konteynerlarni tashigani aytilmoqda. Shu bilan birga, ikki kema ham transponderlari yoqilgan holatda suzgan.
  • Rossiya armiyasi Dnipropetrovsk, Kirovograd, Poltava va Xmelnitskaya oblastlariga raketa va dronlar orqali hujum qildi. Poltava oblastida tinch aholi vakillaridan uch kishi jabrlangan.
  • Latviya RF bilan chegaradagi Viyentuli nazorat-o‘tkazish punktini yopdi. Bu Rossiya ukrainlar uchinchi mamlakatlar orqali mamlakat hududiga kirib kelishiga ruxsat bergan quruqlikdagi yagona o‘tkazish punkti edi.

Mirgorodga zarba oqibatlari

Rossiya qo‘shini 16 oktyabr kuni Poltava oblastining Mirgorod shahri va uning atrofidagi hududlarni o‘qqa tutdi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Filipp Proninga ko‘ra, Mirgorodda 50 ga yaqin xususiy uy va kvartiralar, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obektlari (aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilmagan) shikastlangan. Shu kungi zarbalar oqibatida Poltava oblastida uch kishi jabrlangan, jumladan 10 yoshli bola ham.

Poltava oblasti harbiy ma’muriyati matbuot xizmati
Poltava oblasti harbiy ma’muriyati matbuot xizmati
Poltava oblasti harbiy ma’muriyati matbuot xizmati

Dniprodagi hayot

Dniprodagi sohil hududi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
O‘z uyiga kiraverishdagi dniprolik ayol
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press
Dnipro markazida otishmalardan yashirinish uchun boshpana. Shahar muntazam ravishda rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutiladi. 16 oktyabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa tizimlari Dnipro ustida dron urib tushirdi — uning parchalari shahardagi binolardan biriga tushgan va yong‘in chiqqan. Olovni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan, jabrlanganlar yo‘q.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / Vida Press

Qatar vositachiligida Rossiyadan Ukrainaga qaytarilgan bola

Yetti yoshli bola — Qatar vositachiligida Rossiyadan vataniga qaytarilgan uch nafar ukrainalik boladan biridir. Boladan chapda — uning buvisi, o‘ngda — Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova: 2023 yil martida Haagadagi Xalqaro jinoiy sudi uni ham hibsga olishga order bergandi. Fotosurat Qatarning Moskvadagi elchixonasida olingan.

Bola onasi bilan 2022 yil fevralida ayrilgan, o‘shanda ularning ikkisi ham qochqinlar sifatida Rossiya hududida edi. Onani hibsga olishgan (u nimada ayblangani ma’lum emas), bola esa bolalar uyiga yuborilgan. Hozirda bola buvisi bilan Estoniya orqali Ukrainaga qaytib bo‘lgan. Uning onasi Rossiyada qolmoqda.

Ukraina bir necha bor Rossiyani ukrain bolalari deportatsiyasida ayblagan. Lvova-Belovaning baholariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan buyon RF hududiga Ukrainadan 700 mingdan ortiq bola olib o‘tilgan. Ukrainaning «Deti voyny» proyekti voyaga yetmagan bolalar majburiy deportatsiyasi bilan bog‘liq 19,5 ming holatni qayd etgan

Qatar tashqi ishlar vazirligi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Baxmut atrofidagi tibbiyot punkti 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Okkupatsiya ostidagi Donetskda yashovchi 71 yoshli Grigoriy Samarin Ukraina harbiylarining 12 oktyabr kungi zarbasi vaqtida shikastlangan uyida. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Luhanskda ko‘rgazmaga qo‘yilgan ukrain zirhli texnikalari 

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Taisiya Voronsova / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid