S gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi Misrdan O‘zbekistonga yetkazildi
Qiymati qariyb 40 ming dollarlik dori vositasi S gepatitiga chalingan bemorlarni bepul davolashda ishlatiladi.
Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi «Sofosbuvir - 400 mg» dori vositasining o‘n oltinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi.
Loyiha O‘zbekiston prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda S gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo‘yicha tashabbus ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Qayd qilinishicha, «Sofosbuvir — 400 mg» dori vositasining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha kelishuv 2023 yil 3 oktyabr kuni erishilgan.
Umumiy qiymati 38 ming 456 AQSh dollariga teng bo‘lgan 3680 dona «Sofosbuvir — 400 mg» dorisi 21 oktyabr kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazilgan.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024