HAMAS yetakchisi garovdagilarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinliklarga almashishni taklif qildi
HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi urush boshidan buyon ilk bor bayonot berdi. U garovdagilarni Isroil qamoqxonalaridagi mahbuslarga almashishni taklif etgan.
HAMASning G‘azo sektoridagi rahbari Yahyo Sinvar harakat a’zolari qo‘lida bo‘lgan garovdagilarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarga almashishni taklif etdi. Bu haqda The Times of Israel xabar tarqatgan.
«Biz sionistik rejim qamoqxonalarida saqlanayotgan barcha falastinlik mahbuslarni qarshilik harakati tomonidan garovda ushlab turilganlarga almashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolashga tayyormiz», degan Sinvar.
BBC rus xizmati qayd etishicha, bu Sinvarning urush boshlanganidan beri qilgan ilk bayonotidir.
- HAMAS a’zolari 7 oktyabr kuni Isroil bo‘ylab uyushtirilgan reyd davomida mahalliy aholi vakillari hamda xorijliklarni garovga olgandi. Isroil hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 230 ga yaqin kishi garovda qolmoqda.
- Garovdagilar orasida isroilliklardan tashqari o‘nga yaqin xorij mamlakatlari fuqarolari ham bor. Bungacha sektordan ikki nafar amerikalik va ikki nafar isroillik ozod etildi.
Mavzuga oid
11:13 / 11.10.2024
Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi
11:44 / 08.10.2024
Isroil Hamas ustidan «hal qiluvchi g‘alaba»ga erishmoqchi edi. Ammo bir yil o‘tib ham maqsadga erishilmadi. Bunga nima to‘sqinlik qildi?
21:49 / 07.10.2024
G‘azodagi urushga bir yil. Hamas maqsadiga erishdi, Isroil-chi?
17:59 / 07.10.2024