Jahon | 16:22 / 29.10.2023
19729
8 daqiqa o‘qiladi

O‘qqa tutilayotgan Avdiyivka va frontdagi shifokorlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 612-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Axmat» komandiri chechenlarning maxsus topshiriqli bo‘linmasi safiga «Vagner»ning sobiq komandirlari va jangchilari «yoppasiga» qo‘shilayotganini ma’lum qildi.
  • Rossiya TIV ukrain droni Kursk AES yadroviy chiqindilari omboriga kelib urilganini xabar qildi.
  • Maltada Ukrainaning «tinchlik formulasi»ga bag‘ishlangan uchinchi xalqaro sammit boshlandi.
  • Moskvada harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan markaziy osiyolik migrantlarga qarshi 22 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
  • Sloveniya Ukrainaga maxfiy ravishda Belin dronlarini yuborgan. Bu haqda OAVga Sloveniyaning dron ishlab chiqaruvchi C-Astral kompaniyasi xodimi ma’lumot bergan.

Avdiyivka — urushning eng qaynoq nuqtasi

Avdiyivka — Rossiya tomonidan annekciya qilingan Donetsk shahridan 15 kilometr masofada joylashgan. 2014 yilda Avdiyivka bir necha oy mobaynida ayirmachilar nazoratida bo‘lgan, ammo keyin shaharga ukrain armiyasi kirib kelgan. Shundan buyon Avdiyivka uchun janglar davom etmoqda (keng ko‘lamli bosqin boshlangunicha — 2015 va 2017 yillarda ham shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan), shahar muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, ammo Ukraina qurolli kuchlari uni o‘z nazoratida saqlab qolmoqda.

2023 yil oktyabr oyi o‘rtalarida Rossiya qo‘shini Avdiyivka atrofida faollashdi. RF QK shaharni qurshab olish yoki undan 15 ming atrofidagi ukrain qo‘shinini siqib chiqarish uchun katta yurish boshladi — Ukraina QK esa qanotlarni mustahkamlamoqda va Rossiya armiyasini shaharni faqat ro‘paradan shturm qilishga majbur etmoqda. Bu esa katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda: Buyuk Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Rossiya Avdiyivka atrofida 2023 yildagi istalgan jangdagidan ko‘proq yo‘qotishga uchragan.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini Avdiyivka uchun haqiqiy falokatga aylandi: 2022 yil fevraliga qadar shahar aholisi soni 35 ming atrofida bo‘lgan, hozir esa, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari - vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vaziri Irina Vereshchukning so‘zlariga ko‘ra, shaharda mingga yaqin kishi qolgan.
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabashning tasdiqlashicha, Avdiyivkada birorta butun bino qolmagan
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
Vayron bo‘lgan shahar bo‘ylab ketayotgan ukrain harbiylari
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
56 yoshli Tatyana — Avdiyivkadagi uyida yolg‘iz qolgan. Suratda Tatyana qish uchun g‘amlab qo‘ygan o‘tin va oziq-ovqatni ko‘rish mumkin
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
«Shahar bir yildan buyon tinimsiz o‘qqa tutilmoqda, hozir ham deyarli tinchlik bo‘lmaydi. Ammo odamlar baribir ketishga shoshilmayapti», — degandi may oyida Avdiyivkadagi vaziyat haqida Vitaliy Barabash. Uning aytishicha, shaharning barcha aholisini evakuatsiya qilish imkonsiz — qonun ham bunga imkon bermaydi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Avdiyivkalik kishi artilleriya zarbalaridan keyin o‘z uyi hududini tozalamoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ko‘ngillilar mahalliy aholiga non va boshqa gumanitar yordamlarni tarqatmoqda. Avdiyivka 1932–1933 yillarda Golodomor vaqtida ham jiddiy jabr chekkan — rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda shaharda yuzlab kishilar ochlikdan halok bo‘lgan. Avdiyivkaliklar doimiy ravishda genotsid qurbonlarini xotirlashadi
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
Avdiyivka aholisi taqsimlash markazida oziq-ovqat olmoqda
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images
«Ya ❤️ Avdeyevka» yozuvi oldiga snaryad kelib tushgan
Ed Ram / The Washington Post / Getty Images

Xmelnitskaya oblastida zarba oqibatlari

«To‘rtinchi kundirki rossiyaliklar Xmelnitchinaga hujum qilmoqda», — dedi 25 oktyabr kuni Xmelnitskaya oblasti ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Tyurin.

Shu kuni Ukraina energetika vazirligi rossiyaliklar Xmelnitskaya AES hududi yaqiniga zarba yo‘llaganini ma’lum qildi. «Portlash oqibatida ma’muriy-maishiy hamda laboratoriya binolari derazalari sinib ketgan», — deyiladi idora xabarida. Bundan tashqari, elektr uzatish liniyasi shikastlangan; oblast hududidagi Slavuta va Neteshin shaharlarida 1860 nafar iste’molchi elektr energiyasi ta’minotidan uzilgan.

Slavutada, uning meri Vasiliy Sidorning so‘zlariga ko‘ra, otishmalar tufayli 300 ga yaqin uy shikastlangan. 18 kishi jarohat olgan, ularning ikki nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Rossiyaning Xmelnitskaya oblastiga hujumi vaqtida shikastlangan uydagi ayol
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Xmelnitskaya oblastida yashovchilar o‘z uylarida singan eshik va derazalar o‘rnini mato bilan to‘sib qo‘yishgan.
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Hujumdan shikastlangan bino hovlisini tozalayotgan juftlik
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiyaning Xmelnitskaya oblastiga hujumi vaqtida shikastlangan bino.
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Donbass shimolidagi ukrainalik ko‘ngilli shifokorlar 

«Gospitaliyerlar» tibbiyot batalyoni ko‘ngillilari zambilda yarador harbiyni tez yordam mashinasi sifatida qayta jihozlangan avtobusga olib chiqishmoqda. Surat Donetsk oblasti hududida, 26 oktyabr kuni olingan
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Jon — «Gospitaliyerlar»ning daniyalik ko‘ngillisi — yarador ukrain harbiysiga yordam ko‘rsatmoqda.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
«Gospitaliyerlar» tibbiyot batalyoni 2014 yildan beri mavjud va Rossiya-Ukraina urushida faol qatnashmoqda. Batalyon ko‘ngillilari Ukraina QKning yarador askarlariga tez tibbiy yordam ko‘rsatadi va harbiy harakatlar hududidan evakuatsiya qiladi.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Lvivda asirlikdagi ukrain askarlarining portretlari

Asirlikdagi yoki bedarak ketgan ukrain harbiylari portretlari oldida yig‘layotgan ayol. Bu suratlar Lvivdagi maydonlardan birida, Ukraina QK 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilarining rafiqalari tashabbusi bilan o‘rnatilgan.
Pavlo Palamarchuk / SOPA Images / Sipa USA / Vida Press

Mavzuga oid