Donetskdagi yong‘in va Qrimdagi «Yunarmiya». Urush suratlari
Ukrainada urushning 615-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- BMT tekshiruvlari Xarkiv oblastining Groza qishlog‘iga rossiyalik harbiylar tomonidan zarba berilganini tasdiqladi. U yerda 59 kishi halok bo‘lgan.
- Carlsberg rahbari Yakob Orup-Andersen kompaniya Rossiyadagi aktivlari egallab olinishi qonuniylashtirilishi uchun Rossiya hukumati bilan kelishuv tuzmoqchi emasligini ma’lum qildi.
- FXX Oleg Tsaryovga suiqasd uyushtirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
- Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘shiqchi Yuliya Chicherinani urush propagandasida gumon qilmoqda.
- Perm o‘lkasi Solikamsk shahridagi porox ishlab chiqarish zavodida portlash ro‘y berdi.
- Fransiyada «Alfa-Grupp» asoschilaridan biri Aleksey Kuzmichev qo‘lga olindi. U sanksiya rejimini buzishda gumonlanmoqda.
- Volnovaxada to‘qqiz kishidan iborat oila a’zolari o‘ldirilishida Uzoq Sharqdan bo‘lgan ikki harbiy gumonlanib qo‘lga olindi.
- Ukraina tarafdori bo‘lgan hakerlar Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi operatori saytini buzib kirishdi.
Kun kadri. Maydandagi urush qurbonlari yodgorligiga kelgan urush faxriysi
Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Donetskda yonilg‘i sisternalariga berilgan zarbadan keyingi yong‘in
DXR hukumati 31 oktyabr kuni kechqurun ukrain harbiylari Donetskning Budennov rayonini o‘qqa tutganini xabar qildi — natijada yonilg‘i sisternalari yonib ketgan. Ukraina bu bayonotga munosabat bildirmagan. Tsisternalar yongani haqida Rossiyaning «Izvestiya» gazetasi ham xabar bergan, uning korrespondentlari zarba vaqtida shu yerda bo‘lishgan. Okkupatsiya ostidagi Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Denis Pushilin zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, ulardan biri FVV xodimi bo‘lgani, shuningdek 12 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. «Izvestiya» xabariga ko‘ra, korrespondent Yevgeniy Bikovskiy jarohat olgan — uning ko‘krak sohasiga oskolka parchasi kelib tekkan, jarrohlik amaliyoti zarurati yuzaga kelgan. Shuningdek, jurnalistlar Aleksandr Martemyanov va Aleksey Poltoraninda ham oskolka jarohatlari qayd etilgan, ammo ularning hayoti xavf ostida emas. TASS fotokorrespondenti Dmitriy Yagodkin ham zarba ostida qolgan.
Qrimdagi «Yunarmiya»
Mavzuga oid
16:11
Frontdagi vaziyat: RF qurolli kuchlari kutilmaganda Ukrainaning yana bir «qal’asi» shturmini boshladi
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024