Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning uch tumanida «svet» vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida 7 noyabr kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Olmazor tumani: “Istiqbol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Zarqo‘rg‘on” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha
Yunusobod tumani: “Billur” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025