Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot parvozi kechiktirildi
Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirilgan.
Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7 noyabr kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY602 reysi texnik sabablarga ko‘ra jo‘nab ketish aeroportida (Domodedovo) kechiktirildi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirilgan. Yo‘lovchilarga, shuningdek, kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etilgan.
Parvoz vaqti haqida ma’lumot qo‘shimcha ravishda taqdim etilishi aytilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025