O‘zbekiston | 09:16 / 09.11.2023
6335
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Tojikiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Foto: Telegram / hidoyatov_bsh

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Bugun, 9 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid