Yevropa Ittifoqida ukrainalik qochqinlar soni o‘sishda davom etmoqda
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oxirida urushdan qochgan deyarli 4,2 million ukrainalik Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomiga ega bo‘lgan.
Rossiya harbiy harakatlari boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqiga kelgan ukrainalik qochqinlar soni ketma-ket oltinchi oy oshdi. Yevropa statistika agentligi - Eurostat’ning 10 noyabr, juma kuni xabar berishicha, sentabr oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida vaqtinchalik himoya maqomi berilgan deyarli 4,2 million Ukraina fuqarosi bo‘lgan. Bu avgust oyining oxiriga nisbatan 31 920 kishiga yoki 0,8 foizga ko‘pdir.
Oy davomida Ukrainadan kelgan qochqinlar sonining eng katta o‘sishi Germaniya (+19 205 kishi yoki 1,6 foiz), Niderlandiyada (+3685 kishi yoki 2,8 foiz) va Irlandiyada (+2875 kishi yoki 3,2 foiz) qayd etildi. YeIning beshta davlati – Chexiya, Fransiya, Polsha, Sloveniya va Lyuksemburgda qochqinlar oqimi biroz kamaygan, deyiladi hisobotda.
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtinchalik himoya olgan ukrainalik qochqinlar soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqining asosiy davlatlari Germaniya (1 million 194 900 kishi yoki 28,3 foiz), Polsha (958 655 kishi yoki 23,1 foiz) va Chexiya (357 960 kishi yoki 8,8 foiz) bo‘lib qolyapti.
Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun Yevropa Ittifoqidagi vaqtinchalik himoya
Yevropa Ittifoqida Ukrainadan kelgan qochqinlarni vaqtinchalik himoya qilish bo‘yicha direktiva Rossiyaning mamlakatda harbiy harakatlar boshlaganidan keyin faollashtirilgan. Tizim 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Bolqon urushlaridan keyin ishlab chiqilgan. Uning maqsadi Yevropa Ittifoqiga qochqinlarning ommaviy oqimi paytida boshpana tizimlarining ortiqcha yuklanishi oldini olishdir. Urushdan qochgan odamlar yashash uchun ruxsatnomalarni tez va byurokratik tartib-qoidalarsiz oladi.
Sentyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari Yevrokomissiya taklifi bilan direktivaning amal qilish muddatini 2025 yil martigacha uzaytirdi.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024