Izyumdagi vayrongarchilik va Lvivdagi harbiy asirlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 631-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Urushga qarshi varaqalar tarqatgani uchun qo‘lga olingan rossiyalik rassom Sasha Skochilenko bo‘yicha yetti yilga qamaldi.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina Qora dengizda tashabbusni Rossiyadan tortib olganini ma’lum qildi — u yerda ukrain dronlari harakatlanmoqda.
- Ukrainada prezident Zelenskiy ofisining sobiq vakili Oleksi Arestovichga qarshi jinoyat haqida bilaturib, yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
- Kanada rossiyalik milliarder Oleg Boykoga qo‘llangan sanksiyalarni bekor qildi. Uning Finstar investitsiya holdingining asosiy biznesi — moliyaviy texnologiyalardir. Shuningdek, Boykoning aktivlari orasida «Riv Gosh» parfyumeriya tarmog‘i hamda ko‘ngilochar sanoat sohasida faoliyat yurituvchi Ritzio Entertainment kompaniyasi ham bor.
- Estoniya Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini qisman yoki to‘liq yopdi. Avvalroq Finlandiya hukumati 18 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti yopilishini ma’lum qilgandi. Norvegiya ham chegaradagi yagona punkt yopilishi mumkinligini istisno etmagan.
Izyumdagi vayrongarchilik
Lviv oblastidagi koloniyada rossiyalik harbiy asirlar
Ikki tomondagi harbiy asirlarning aniq miqdori ma’lum emas, ammo gap minglab kishilar haqida boradi. Ular saqlanadigan sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar — bir-biriga teskari. Rossiya hukumatidan farqli o‘laroq, rasmiy Kiyev mustaqil jurnalistlarga asirlar saqlanadigan bir qancha lagerlarga kirishga ruxsat bergan va ularning barchasi qulay sharoitlarda yashashini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, 2022 yil noyabrda Ukrainada inson huquqlari bo‘yicha BMT monitoring missiyasi rahbari Matilda Bogner taqdim etgan hisobotda rossiyalik asirlarning saqlanishi masalasiga ham to‘xtab o‘tilgan. So‘ralganlarning ayrimlari kaltaklangani, qiynoqqa solingani va «tahqirlovchi sharoitlar»da ushlab turilganini aytishgan. Shuningdek, Bogner «harbiy harakatlardagi ishtirokini to‘xtatgan shaxslar qatl qilingani» bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjudligini aytgan. Ukrainadagilar bu holatlar tekshirilishini va’da qilgan.
«Meduza» avvalroq ukrainalik harbiylar (jumladan, egallab olingan hududlardagi tinch aholi vakillari) saqlanadigan maxfiy qamoqxonalar, shuningdek, ularga tahqiromuz munosabat ko‘rsatilishi haqida hikoya qilgandi. Shuningdek, almashuv doirasida asirlikdan qaytgan ukrain harbiylari ham kaltaklash va qiynoqqa solish holatlari haqida aytib berishgan.
Front bo‘yidagi Pokrovskdan evakuatsiya
Selidovo o‘qqa tutilishi oqibatlari
Liman ostonasidagi rossiyalik artilleriyachilar
Sasha Skochilenko hukm o‘qilishi oldidan
Peterburgdagi Vasileostrovskiy rayon sud rassom Sasha Skochilenkoni Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatishda aybdor deb topdi va yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Skochilenko 2022 yil aprelida, do‘kondagi mahsulotlarga narx belgilari o‘rniga urushga qarshi varaqalar yopishtirib chiqqani uchun qo‘lga olingandi. Rassom bir yarim yil muddatni tergov izolyatorida o‘tkazdi, unga bir qancha kasalliklar tashxisi qo‘yilgan. Skochilenkoning o‘zi va advokatlari koloniyadagi qamoq jazosi malakali tibbiy yordam ololmasligi tufayli rassomning hayotiga xavf tug‘diradi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024