Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava - Toshkent muntazam aviaqatnovlari fevraldan yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rauga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlik istiqbollarini yuqori baholar ekan, O‘zbekistondan Polshaga yarim tayyor va tayyor yengil sanoat mahsulotlari eksportini har tomonlama rag‘batlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Polsha va O‘zbekiston yaqin madaniy-gumanitar aloqalarga ega ekanligi, 2024 yil fevralidan Varshava–Toshkent–Varshava yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi polshalik sayyohlar sonining ko‘payishiga va o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Elchi Amirsaid A’zamxo‘jayev 7 noyabr kuni Varshavaga kelgan. Bunga qadar u Tashqi ishlar vazirligining konsullik va yuridik bo‘limida ishlagan, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi konsuli, 2020 yildan Bosh konsullik rahbari bo‘lgan. U 38 yoshda. Toshkent Davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
Amirsaid A’zamxo‘jayev 2015 yildan muvaqqat ishlar vakili, 2019 yil may oyidan boshlab O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi sifatida Varshavadagi diplomatik missiya rahbari bo‘lib ishlagan Bahrom Boboyev o‘rniga tayinlangan.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
13:42 / 02.05.2025