O‘zbekiston | 20:45 / 25.11.2023
12739
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda noqulay ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

25-26 noyabr kunlari Turkiyaning ba’zi hududlarida ob-havo noqulay kelishi, kuchli shamol, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirgan.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ham Turkiyadagi vatandoshlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Jumladan, to‘q sariq rangdagi ogohlantirish e’lon qilingan hududlarda yashovchi vatandoshlardan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.

Qayd qilinishicha, ushbu hududlarda uy tomlarining uchib ketishi, daraxt va ustunlarning qulashi, is gazidan zaharlanish xavfi kabi salbiy holatlardan ehtiyot bo‘lish lozim.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid