Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholmda O‘zbekiston-Shvetsiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston elchisini qabul qildi.
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shvetsiya TIV rahbari Stokholmda O‘zbekiston elchixonasi ochilganini va diplomatik missiya rahbari lavozimiga kirishganini olqishladi.
Tomonlar tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, innovatsion texnologiyalar, suv resurslaridan samarali foydalanish va chiqindilarni qayta ishlash sohalarida O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
11 dekabr kuni Stokholmda bo‘lib o‘tadigan TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundi o‘zaro manfaatli barcha sohalarda O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
9 noyabr kuni Stokholm shahrida O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyevning Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
2022 yilda Shvetsiya poytaxtida ochilgan diplomatik vakolatxona mamlakatning xorijdagi 36-elchixonasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025