Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ericsson O‘zbekistonda rasmiy ofis ochish masalasini o‘rganyapti
Shvetsiya kompaniyasi O‘zbekiston bilan telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘rganmoqda.
Foto: Dunyo AA
TIVning Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov O‘zbekiston delegatsiyasining Shvetsiyaga tashrifi doirasida Ericsson AB kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakat bo‘ylab barcha hududlarda 5G mobil aloqa baza stansiyalari qamrovini kengaytirish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokara jarayonida mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalarining mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilish hamda kompaniya tomonidan O‘zbekistonda rasmiy ofis ochish masalalari o‘rganib chiqildi.
Uchrashuv so‘nggida kelgusi muzokaralarni O‘zbekistonga tashrif buyurgan holda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025