O‘zbekiston | 14:02 / 14.12.2023
3223
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro transport yo‘laklarini yaratish masalasini muhokama qilyapti

O‘zbekiston TIV rahbari va Qatar transport vaziri ikki mamlakat o‘rtasida samarali transport yo‘laklarini yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dohaga tashrifi davomida Qatar transport vaziri Jassim bin Sayf bin Ahmad Al Sulayti bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Qatar transport vaziri Jassim bin Sayf bin Ahmad Al Sulayti janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Logistika sohasida O‘zbekiston va Qatar hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

«O‘zaro savdo aylanmasi uchun muhim omil – samarali transport yo‘laklarini yaratish yuzasidan fikr almashdik», - deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid