Prezident elektromobil ishlab chiqarishga o‘tishga alohida e’tibor qaratishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev elektromobillar uchun butlovchi qismlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda «O‘zavtosanoat» AJ mahsulotlar modelini kengaytirib, sifatini yaxshilash, tannarxni kamaytirib, raqobat muhitida ishlashga o‘tishi zarurligi ta’kidlandi, shu boradagi chora-tadbirlar, tarmoq oldidagi vazifalar muhokama qilindi.
O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarishni 2030 yilgacha 1 million donaga yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda bu borada 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Davlat rahbari «O‘zavtosanoat»ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, elektromobil ishlab chiqarishga o‘tishga alohida e’tibor qaratish muhimligini qayd qilib, tarmoq korxonalarida elektromobillar uchun butlovchi qismlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ta’kidlanishicha, kelgusi yilda O‘zbekistonda elektromobil zavodi ishga tushiriladi va 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida bu yil 3 ming 500 donadan ortiq texnika ishlab chiqarilgan. 2030 yilgacha bu miqdorni yiliga 16 ming donaga yetkazish mo‘ljallangan. Prezident mahalliy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, klaster va fermerlarni jalb etib, bu borada buyurtmalar shakllantirish zarurligi ta’kidladi.
Milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga, osma texnika va tirkamalarni o‘rtacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:27 / 31.10.2024
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
16:20 / 17.10.2024
Parij avtosalonida “pufak”ka o‘xshash mini elektromobil namoyish etildi
07:50 / 17.10.2024
O‘zbekistonda elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi
13:29 / 14.10.2024