Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sobiq harbiy Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Burhon Xudoyberdiyevich Qo‘ldoshev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligi ijroiya apparati yig‘ilishida u viloyat jamoatchiligiga tanishtirilgan.
Burhon Qo‘ldoshev 1988 yilda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug‘ilgan, yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ma’lumotli. 2010 yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan beri ishlab kelgan Jamshid Xatamov esa Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

11:53 / 06.05.2025