O‘zbekiston | 16:21 / 21.12.2023
15085
2 daqiqa o‘qiladi

Piskentda parrandachilik fermasida yong‘in chiqdi

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi parrandachilik fermasida yong‘in chiqqani videosi tarqaldi. FVV matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

«Bugun, 21 dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati Piskent tumani «Kultepa» MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

UPD: Parrandachilik fermasida sodir bo‘lgan yong‘in soat 16:13 da o‘rab olingan va soat 17:03 da bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida fermaning taxminan 140 kv.m maydonda tom va ichki qismlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘inni bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Mavzuga oid