Kreml yaqinidagi aksiya va front chizig‘ida bayram. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 669-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov harbiylar faqat urush yakunlanganidan keyingina demobilizatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
- Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning hisoblashicha, Vladimir Putin urushni «to‘liq g‘alaba»ga qadar olib borishni maqsad qilgan.
- Rossiya qo‘shini Ukrainaning Mikolayiv, Kirovograd, Zaporijjya, Dnipropetrovsk va Xmelnitskaya oblastlariga dronlar orqali hujum uyushtirdi. Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondonligi 15 drondan 14 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
- Xersonda tungi zarbalar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Safarbar qilinganlarning rafiqalari Kreml oldida aksiya o‘tkazdi
24 dekabr kuni Kreml yaqinida safarbar qilinganlarning rafiqalari aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Euronews ma’lumotiga ko‘ra, unda 12 nafar rossiyalik ayol qatnashgan — ularning barchasi oq sharf o‘ragan. Ular Aleksandrovskiy bog‘idagi Noma’lum askar yodgorligiga guldastalar qo‘yishgan. «Kimdir [oramizda] barchasi yakunlanishini, kimdir g‘alabamizni xohlaydi. Ammo eng asosiysi — barcha yigitlarning uyga qaytishini istaydi», — degan aksiya ishtirokchilaridan biri Polina jurnalistlarga.
Noyabr oyi oxirida «Put domoy» telegram-kanalida safarbar qilinganlarning turmush o‘rtoqlari muddatsiz safarbarlikka qarshi manifest va petitsiyalarni e’lon qilishgandi. Keyinroq ular fleshmob o‘tkazib, avtomobillariga «Vernite muja. Ya Za#balas» yozuvli stikerlarni yopishtirib olishgandi. 18 dekabr kuni safarbar qilinganlarning qarindoshlari kanal orqali Vladimir Putinga murojaat yo‘llashgandi: «Bizni tinch yashashga qo‘ying. Yoki frontga o‘zingiz boring va o‘zingiz o‘ling». 19 dekabr kuni ular oldingi chiziqdagi yaqinlariga FXX (FSB) xodimlari borib so‘roq va tahdid qilayotgani haqida xabar berishdi.
Rossiya mudofaa vazirligi 20 dekabr kuni safarbar qilinganlarning xizmat muddati bir yil bilan cheklanmasligini hamda chaqirilgan harbiy xizmatchilar urush oxirigacha xizmatda qolishini ma’lum qildi. Vazirlik bayonotida aytilishicha, safarbar etilganlarning harbiy xizmat muddati Vladimir Putin safarbarlik yakunlangani to‘g‘risidagi farmonini imzolaganidagina yakunlanadi. Vazirlik boshqa variantlarni «maqsadga muvofiq emas» deb atagan.
Ukrainalik harbiy xizmatchi va uning rafiqasi front yaqinidagi Kramatorsk shahri vokzalida
Donetsk oblastida ukrainlarning qo‘lbola baravar o‘t ochish reaktiv tizimi
Oldingi chiziqda Rojdestvo ibodati
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024