O‘zbekiston - Qozog‘iston tashqi siyosat idoralari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama munosabatlarning amaldagi shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiyadan o‘tkazdi.
20-21 dekabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlarining huquqiy asoslarini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida navbatdagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida imzolangan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini (2022 yil 14 iyul) amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Tomonlar amaldagi shartnomaviy-huquqiy bazaning bugungi holatini hamda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini yangilash va kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki davlatning xalqaro shartnomalarni tuzish va amalga oshirish tajribasiga e’tibor qaratildi.
Xalqaro shartnomalarni nashr etish va ularning yagona elektron hisobini yuritish va arxivlash tartibi to‘g‘risida fikr almashildi.
Maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
14:10 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida maslahatlashuvlar qo‘mitasi tashkil etiladi
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
13:00 / 17.08.2024