Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Livandagi HAMAS ofisiga zarba berdi
Zarba oqibatida HAMAS yetakchilaridan biri o‘ldirilgani aytilmoqda.

Foto: AP
Isroilning uchuvchisiz samolyoti Livan poytaxti Bayrut shahridagi HAMAS ofisiga zarba berdi. Bu haqda Livan davlat axborot agentligiga tayanib Haaretz xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS yetakchilaridan biri, tashkilot siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Solih al-Aruriy o‘ldirilgan.
Uning o‘limi haqidagi ma’lumotni Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Denon tasdiqladi.
«Men TsAHAL, ShABAK, Mossad va xavfsizlik kuchlarini HAMAS harakati yuqori martabali rasmiysi Solih al-Aruriyning Bayrutda o‘ldirilgani bilan tabriklayman. 7 oktyabrdagi qirg‘inida ishtirok etgan har bir kishi bilishi kerakki, biz ular bilan hisob-kitob qilamiz», deb yozdi Denon ijtimoiy tarmoqda.
Livanning Al-Mayadeen telekanali ham al-Aruriy o‘limini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

19:43 / 26.05.2025