Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmatining xabar berishicha, departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi va viloyat YHHB xodimlari hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
12:15 / 10.05.2025